Noqulay ob-havo tufayli «Inter Mayami»ning o‘yini qoldirildi.
USA Todayʼning yozishicha, Lionel Messi jamoasi KONKAKAF Chempionlar Kubogida «Kanzas Siti»ga qarshi chorshanba kuni o‘ynashi kerak edi. Ammo bahs bir kun keyinga qoldirildi. Sabab — kuchli shamol, qor kutilayotgani va -12,2 daraja.
«O‘yinni kechiktirish to‘g‘risidagi qaror futbolchilar va muxlislarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida har ikki klub tomonidan ma’qullandi», — deya xabar beradi Mayami klubi.
MiamiTotalFutbol podkastida aytilishicha, Messi jamoadoshlari kabi sovuqda o‘ynashni xohlamagan.