2009 yildan buyon uchuvchilik lisenziyasiga ega bo‘lgan Fridrix Mers endi samolyotlarni mustaqil boshqarmaydi. BILD nashri aniqlashicha, 14 noyabr kuni Shlezvig-Golshteyn hududida Xristian-demokratik ittifoq (XDS) partiyasi s’ezdiga uchish vaqtida kansler uchuvchilar kabinasida bo‘lgan, biroq samolyotni charter aviakompaniyasi xodimi boshqargan.
Mers, shuningdek, o‘zining ikki dvigatelli Diamond DA62 samolyotini ham sotib yuborgan.
Samolyotni mustaqil boshqarish huquqini saqlab qolish uchun muntazam ravishda parvozlarni amalga oshirish talab etiladi. Ko‘rinishidan, kanslerlik vazifalari tufayli Mersning sevimli mashg‘ulotiga vaqt yetishmayapti.
U o‘z vakolat muddati tugaganidan so‘ng imtihon oluvchi mutaxassis ishtirokidagi tekshiruvdan o‘tib, samolyotni mustaqil boshqarish huquqini qayta tiklashi mumkin.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan kanslerga avtomobilni ham mustaqil boshqarish mumkin emas.
2024 yilda uning sobiq salafi Olaf Shols ham shunday cheklovlardan norozi bo‘lgan edi. U o‘zini «avtomobil boshqarishga ishtiyoqi baland inson» deb atagan.