Evropa uchun Pax Americana ("Amerika tinchligi") davri tugadi.
Bu haqda Germaniya kansleri Fridrix Mers Xristian-ijtimoiy ittifoq qurultoyida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
Germaniya iqtisodiyoti haqida gapirar ekan, u o‘n yildan ortiq vaqt davomida dunyoning yetakchi iqtisodlaridan orqada qolayotganini aytdi.
"Amerika tinchligi"ning o‘n yilliklari biz uchun tugadi. Nostalgiya yordam bermaydi. Bu haqiqat!" - ta’kidladi siyosatchi.
Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar hozir o‘z manfaatlarini juda qat’iyat bilan himoya qilmoqda.
"Shuning uchun biz endi o‘zimiznikini ham himoya qilishimiz kerak", deb ta’kidladi Mers.
Bundan tashqari, u Yevropa Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatlardagi tub o‘zgarishlarga, shuningdek, "Rossiya tomonidan kuchayib borayotgan tahdidlarga" tayyorlanishi kerak, degan fikrni bildirdi.