Bugun 25 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Melaniya Tramp bir yil davomida o‘rnatgan aloqalaridan foydalandi

Melaniya Tramp bir yil davomida o‘rnatgan aloqalaridan foydalandi

AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp Xerson viloyatidagi Alyoshki shahrida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun Rossiya va Ukraina bilan o‘rnatgan aloqalarini ishga solgan.

Bu haqda uning katta maslahatchisi Mark Bekman "Vesti" axborot xizmatiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Birinchi xonim taxminan bir yil davomida Rossiya va Ukraina tomonlari bilan bevosita o‘rnatib kelgan aloqalaridan foydalandi", — dedi Bekman.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Melaniya Tramp muzokaralar tashabbuskori bo‘lgan va jarayonni muvofiqlashtirgan.

Vaqtinchalik sulh kelishuvi tinch aholini evakuasiya qilish va hududga gumanitar yordam yetkazishga qaratilgan.

Kiritildi: 23:27 24.10.2026. O'qildi: 425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!