Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Mbappega pas bermaslik qimmatga tushdimi? «Real» yosh yulduzi zaxiraga «mixlandi»

Mbappega pas bermaslik qimmatga tushdimi? «Real» yosh yulduzi zaxiraga «mixlandi»

La Liganing so‘nggi turida Madridning «Real» klubi mag‘lubiyatga uchradi va birinchi o‘rinni «Barselona»ga boy berdi. Endilikda ijtimoiy tarmoqlarda argentinalik vinger Franko Mastantuono bilan bog‘liq turli «fitna nazariyalari» muhokama qilinmoqda. Bunga futbolchining 23-turdagi «Valensiya»ga qarshi o‘yindan beri maydonda ko‘rinish bermayotgani sabab bo‘ldi.

Muxlislarning taxminiga ko‘ra, Mastantuononing tarkibdan chetda qolishiga «Valensiya» bilan bahsning muhim pallasida hujumchi Kilian Mbappega pas bermagani sabab bo‘lgan. O‘sha vaziyatda argentinalik futbolchi ancha qulayroq pozisiyada turgan va to‘p so‘ragan fransiyalik forvardga uzatma berish o‘rniga, darvozaga zarba berishni tanlagan edi. Ushbu vaziyatdan so‘ng Mbappe jamoadoshining harakatidan ochiqchasiga noroziligini bildirgandi.

O‘sha voqeadan buyon Mastantuono maydonga tushgani yo‘q. 21 fevral kuni «Real» 25-tur doirasida «Osasuna»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa tushib ketdi. La Liganing 25 ta o‘yinidan so‘ng jamoa 60 ochko to‘plagan holda, «Barselona»dan bir ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 23:49 23.02.2026. O'qildi: 346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!