Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Turkiyaga qarshi uchrashuvdan keyin shogirdlari bilan o‘yinni tahlil qilishga ulgurmagani xabar qilindi.
The Touchline nashri RMC Sport ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, fransiyalik futbolchilarning bir qismi bahs yakunlanishi bilan stadionni tark etgan.
Xususan, terma jamoa sardori Kilian Mbappe final hushtagi chalinganidan atigi 15 daqiqa o‘tib, mahalliy vaqt bilan soat 22:53 da (O‘zbekiston vaqti bilan 16 noyabr, 02:53) stadiondan chiqib ketgan.
Rayan Sherki, Malo Gyusto va Eduardo Kamavinga ham uchrashuvdan keyin ko‘p ushlanmagan.
Manbaga ko‘ra, mazkur futbolchilarni aeroportda xususiy samolyotlar kutib turgan.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya terma jamoasi UYEFA Millatlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida Turkiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Zidan boshchiligidagi jamoa oltita uchrashuvda to‘rtta g‘alaba, bitta durang va bitta mag‘lubiyat qayd etib, 13 ochko bilan o‘z guruhida birinchi o‘rinni egalladi.