Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Mbappe «Real»ni «Barselona» futbolchilariga «chempionlik yo‘lakchasi» qilishiga qarshi chiqdi

Mbappe «Real»ni «Barselona» futbolchilariga «chempionlik yo‘lakchasi» qilishiga qarshi chiqdi

Madridning "Real" klubi Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga mag‘lub bo‘ldi (2:3).

Uchrashuv yakunlangach, madridliklar "Barselona"ga an’anaviy "chempionlik yo‘lagi"ni tashkil qilishdan bosh tortdi - Kilian Mbappe shuni talab qildi, deb yozadi jurnalist Alfredo Martines. Fransuz jamoadoshlarini maydondan olib chiqqan.

Mbappe o‘yinning 76-daqiqasida maydonga tushdi, ammo jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi. Yulduz hujumchi finalga bir necha kun qolganida olgan jarohati tufayli o‘yinni asosiy tarkibda boshlay olmadi.

Kiritildi: Bugun 13:49. O'qildi: 963 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!