Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mbappe «Qayrat»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibga kiritilmaydi

Mbappe «Qayrat»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibga kiritilmaydi

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi «Qayrat»ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibdan o‘rin olmaydi, deb xabar berdi Sports.kz Championat.com’ga tayanib.

Ma’lumotlarga ko‘ra, murabbiylar shtabi fransuz forvardiga dam berishga qaror qilgan. Shu bois Mbappe zaxirada qoladi. Bu haqda AS nashri yozdi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 30 sentyabr kuni UYEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 2-turidan o‘rin olgan «Qayrat» (Qozog‘iston) — «Real» (Ispaniya) bahsi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Olma-ota shahridagi «Markaziy» stadionida o‘tkaziladi. O‘yin 21:45 da boshlanadi.

Chempionlar Ligasi 1-turida «Real» «Marsel»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan, «Qayrat» esa «Sporting»ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Kiritildi: 19:16 30.09.2025. O'qildi: 707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!