Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Mbappe jarohati sabab «Real»ning kamida uchta o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Mbappe jarohati sabab «Real»ning kamida uchta o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Kilian Mbappe tizzasidagi muammolar sababli «Real»ning kamida uchta o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Bundan avvalroq hujumchi kechagi mashg‘ulotni vaqtidan oldin yakunlagani va «Benfika»ga qarshi kechadigan javob uchrashuvida maydonga tusha olmasligi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. «Real» klubi Mbappega kamida 10 kunlik dam olish zarur deb hisoblamoqda.

L’Equipe nashrining ma’lum qilishicha, kechagi mashg‘ulotdan so‘ng o‘tkazilgan tibbiy test natijalari Mbappening tizzasi to‘liq sog‘ayishdan hali yiroq ekanini ko‘rsatdi. «Real»dagi ayrim mutasaddilar, bosh murabbiy Alvaro Arbeloa unga umid qilayotganiga qaramay, forvard bugungi o‘yinda ishtirok etmasligi kerak, degan fikrdalar.

Kutilishicha, Mbappe La Liganing navbatdagi ikkita uchrashuvini — «Xetafe» va «Selta»ga qarshi bahslarni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, uning Chempionlar ligasi 1/8 finalining ehtimoliy birinchi o‘yinida qatnashishi ham so‘roq ostida qolmoqda.

Kiritildi: Bugun 07:45. O'qildi: 504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!