Bugun 16 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mbappe fransuzlar orasida rekord o‘rnatdi

Mbappe fransuzlar orasida rekord o‘rnatdi

Kilian Mbappe fransuzlar orasida ketma-ket 7 mavsumda gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

"Real"ning 26 yoshli forvardi La Liga 28-turidan o‘rin olgan "Vilyarreal"ga (2:1, tanaffus) qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida 6 daqiqa ichida dubl qayd etdi. Mbappe "Madrid" safidagi 44-o‘yinda 30 va 31-gollarni urdi.

Shu tariqa, Kilian top-5 ligalarda ketma-ket 7 mavsumda 30+ gol urgan tarixdagi ilk fransiyalik futbolchiga aylandi.

2023/24 yilgi mavsumda Mbappe "PSJ" safida 45 ta gol urgan bo‘lsa, bungacha 41, 39, 42, 30, 39 ta gol urgandi.

Kiritildi: 23:37 15.03.2025. O'qildi: 806 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!