Bugun 9 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Mbappe Chempionlar ligasida Raulning natijasini takrorladi

Mbappe Chempionlar ligasida Raulning natijasini takrorladi

Kilian Mbappe Chempionlar ligasida urilgan gollar soni bo‘yicha Raul bilan tenglashdi.

«Real»ning fransuz hujumchisi bugun «Inter»ga qarshi uchrashuvda Braim Diasning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. Bu Mbappening Chempionlar ligasidagi 71-goli bo‘ldi.

Shuncha gol «Real»ning sobiq hujumchisi Raul hisobida ham bor. Endi Mbappe va Raul Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 5-o‘rinni bo‘lishib turibdi.

Ulardan yuqorida Karim Benzema — 90 ta, Robert Levandovski — 109 ta, Lionel Messi — 129 ta va Krishtianu Ronaldu — 140 ta gol bilan joylashgan.

Kiritildi: Bugun 04:47. O'qildi: 380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!