"Real Madrid" yarim himoyachisi Luka Modrich jamoa hujumchisi Kilian Mbappening "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish imkoniyati haqidagi savolga javob berdi.
- U dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Bunday iqtidorni kamdan-kam uchratganman. Meni eng lol qoldiradigan narsa uning shaxsiyati. U g‘oyat ajoyib inson, juda kamtarin, doimo hazilga moil.
"Oltin to‘p" haqida gapiradigan bo‘lsak, ishonchim komilki, u nafaqat bitta, balki bir nechta "Oltin to‘p"larni qo‘lga kiritishda asosiy da’vogarlardan biri bo‘ladi, - dedi "qaymoqranglilar" sardori.
Ma’lumot uchun, Modrich 2018 yilda "Oltin to‘p" sohibiga aylangan edi.