Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Mayami aeroportida ikki samolyot to‘qnashib ketdi

Mayami aeroportida ikki samolyot to‘qnashib ketdi

AQShning UPS kompaniyasiga tegishli Boeing 767 yuk samolyoti va Copa Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti Mayami xalqaro aeroportida rulej yo‘laklari bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda to‘qnashib ketdi.

CBS News telekanali xabar berishicha, hodisa ikkita rulej yo‘lagining kesishgan joyida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Aeroportning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktori Greg Chin hodisa aeroport faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmaganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 11:50 15.11.2026. O'qildi: 497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik