Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

May oyi uchun 4,1 mln pensiya oluvchiga to‘lovlar to‘liq moliyalashtirildi

May oyi uchun 4,1 mln pensiya oluvchiga to‘lovlar to‘liq moliyalashtirildi

O‘zbekistonda 2025 yil may oyida pensiya to‘lovlarini naqdsiz shaklda oluvchilarga mablag‘lar to‘liq moliyalashtirildi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Pensiya jamg‘armasi tomonidan joriy yilning may oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 4,1 mln nafar pensiya oluvchilar uchun talab etilgan mablag‘lar tijorat banklariga moliyalashtirilib berilgan.

O‘z navbatida pensiya to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 3,5 mln nafar (yoki jami oluvchilarning 84 foizi) fuqarolarning bank kartalariga mablag‘lar to‘liq yuklab berilishi ta’minlandi.

Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq pensiya pullarini naqd shaklda oluvchilarga pensiya pullari 5 may kunidan boshlab tasdiqlangan grafiklarga asosan Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilishi ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda O‘zbekistonda:

  • mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) — 1 155 000 so‘m;
  • bazaviy hisoblash miqdori (BHM) — 375 000 so‘m;
  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — 428 000 so‘m;
  • yoshga doir eng kam pensiya — 834 000 so‘m;
  • nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — 920 000 so‘m;
  • mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa — 920 000 so‘m;
  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa — 745 000 so‘m;
  • ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — 745 000 so‘m.
Kiritildi: 19:23 05.05.2025. O'qildi: 633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!