Ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA Interim chempioni, o‘zbekistonlik prof bokschi Murodjon Ahmadaliyev bugun navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
30 yoshli hamyurtimiz Las-Vegasda tashkil etilgan boks oqshomi doirasida meksikalik Luis Kastilyoni sakkizinchi raundda texnik nokaut orqali taslim etdi.
Bugungi g‘alabadan keyin Ahmadaliyev vazn toifasidagi mutlaq chempion — yaponiyalik Naoya Inoue bilan jang qilishi rasman tasdiqlandi.
Murodjon hamkorlik qiluvchi Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi ham bo‘lajak bellashuvni e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, jang 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Osaka shahrida tashkil etiladi.