Marokash shimolidagi Fes shahrida turar-joy binosining qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni avvalgi 11 kishiga nisbatan 14 kishiga yetdi.
Bu haqda mahalliy Hespress axborot agentligi tibbiyot xodimlariga tayanib xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, hodisa Ayn Naqbi tumanida sodir bo‘lgan. Tibbiyot xodimlari shuningdek, olti kishi jarohat olganini, ba’zilarining ahvoli og‘irligini aniqladilar.
Marhumlarning jasadlari, shuningdek, jarohatlanganlar viloyat shahar kasalxonasi va Hasan II nomidagi universitet kasalxonasiga yuborildi.