Marokash Afrika Millatlar Kubogidan so‘ng 450 milliondan 1,2 milliard dollargacha daromad olishi mumkin, deb xabar berdi "Al-Arabiya" telekanali. Turnir 22 dekabrdan boshlanib, 18 yanvar kuni yakunlandi.
"Hisob-kitoblarga ko‘ra, Afrika Millatlar Kubogining o‘tkazilishi turizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, Marokash qo‘shimcha 500 mingdan 1 milliongacha xorijiy mehmonlarni qabul qiladi. Mehmonxona sektori, transport, kafe va restoranlarning daromadi 450 million dollardan 1,2 milliard dollargacha bo‘ladi," - deyiladi telekanal xabarida.
Qayd etilishicha, Marokash o‘yinlarni translyasiya qilish huquqini sotishdan ham 22,5 million dollar ishlab oladi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat Afrika kubogini o‘tkazish uchun infratuzilma qurilishiga taxminan 16 milliard dollar sarflagan. Xuddi shu stadionlarda Marokash, Ispaniya va Portugaliyada bo‘lib o‘tadigan 2030 yilgi jahon chempionati o‘yinlari ham o‘tkaziladi.