Bugun 4 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida saqlab qoldi

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida saqlab qoldi

Markaziy bank boshqaruvining 4 noyabrdagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Sentyabrda yillik inflyasiya 6,4 foizni, bazaviy inflyasiya esa 5,5 foizni tashkil etgan. Inflyasion kutilmalar pasayishda davom etmoqda.

Shu bilan birga, yuqori ichki talab hamda jahon bozorlarida oziq-ovqat va energiya narxlarining o‘zgaruvchanligi inflyasion xatarlarni saqlab qolmoqda. Yanvar–sentyabr oylarida iqtisodiy o‘sish 8,3 foizga yetgan.

Prognozga ko‘ra, inflyasiya 2026 yil yakunida 7 foiz atrofida, 2027 yil oxirida esa 5 foizlik maqsadli darajada bo‘lishi kutilmoqda.

Asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 16 dekabrga belgilangan.

Kiritildi: Bugun 11:14. O'qildi: 250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!