Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Mariya Timofeeva: “O‘zbekiston sharafini himoya qilishdan faxrlanaman”

Mariya Timofeeva: “O‘zbekiston sharafini himoya qilishdan faxrlanaman”

O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan 21 yoshli rossiyalik tennischi Mariya Timofeeva o‘zining Instagram sahifasi orqali muxlislarga murojaat qildi.

“Hammaga salom! Men O‘zbekiston fuqaroligini olganimni va endi faxr bilan O‘zbekiston sharafini himoya qilishimni rasman ma’lum qilishdan mamnunman! Hayotimning yangi sahifasi boshlandi va men juda hayajondaman. O‘zbekistonlik o‘yinchi sifatida ilk rasmiy uchrashuvimni sabrsizlik bilan kutyapman. Barchangizga qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun minnatdorman!”, — deb yozgan Timofeeva o‘z sahifasida.

Ma’lumot uchun, Mariya Timofeeva hozirda jahon reytingida 146-o‘rinni egallab turibdi. U 19 oktyabr kuni Portugaliyada bo‘lib o‘tgan ITF W75 turnirida g‘olib bo‘lgan edi.

Kiritildi: 08:15 23.10.2025. O'qildi: 1036 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!