29 may, payshanba kuni "An-Nasr" matbuot anjumani o‘tkazib, klubdagi barcha darajadagi ko‘plab o‘zgarishlarni rasman e’lon qilishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda Marca nashri.
Shuningdek, bir necha kun oldin jamoani tark etishiga shama qilgan hujumchi Krishtianu Ronaldu ham jamoani tark etishi ma’lum bo‘ladi.
Manbaga ko‘ra, 40 yoshli portugaliyalik futbolchida faoliyatini davom ettirish uchun turli variantlar bor, jumladan, "Al-Hilol"ga o‘tib, Saudiya Arabistonida qolish ham.
2 iyun, dushanba kuni klublar o‘rtasidagi JCH-2025da ishtirok etadigan klublar uchun maxsus transfer oynasi ochiladi va 10 iyun, seshanba kuni yopiladi.