Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Maqolalar Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) tomonidan tahrirlangan

Maqolalar Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) tomonidan tahrirlangan

Bu haqda Vikipediya hamasoschisi Larri Senger ma’lum qildi

​"Berliner Zeitung" nashriga bergan intervyusida Senger Vikipediya materiallari ko‘plab yillar davomida hukumatlar, korporasiyalar va boshqa ta’sirli tuzilmalar manfaatlariga mos tarzda tahrirlab kelinganini ta’kidladi.

"Turli xil dalillar yordamida bizga fakt sifatida ma’lum bo‘lgan narsa shuki, MRB allaqachon Vikipediyani tahrir qilgan", — dedi Senger.

​Uning fikricha, platforma o‘zining dastlabki betaraf nuqtai nazar tamoyilidan chekingan va so‘l-liberal og‘ishga ega bo‘lib qolgan.

Sangerning qo‘shimcha qilishicha, maqolalar mazmuniga moliyaviy yoki boshqa dastaklar orqali ta’sir ko‘rsatish ko‘p yillardan beri davom etmoqda. Uning ta’kidlashicha, bu ta’sirning haqiqiy ko‘lami noma’lumligicha qolmoqda.

Kiritildi: 14:25 08.08.2026. O'qildi: 1265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!