Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Mangal Fest tadbirida janjal nimadan chiqdi?

Mangal Fest tadbirida janjal nimadan chiqdi?

Bugun ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Mangal Fest tadbirida janjal chiqqani haqida xabarlar tarqaldi.

To‘g‘ri, janjal bo‘lgan. Ammo bu holat festivalning o‘ziga emas, ikki fuqaroning o‘zaro kelishmovchiligiga bog‘liq. Toshkent shahar IIBB rasmiy munosabatida aytilishicha, mojaroga zudlik bilan chora ko‘rilgan, hech kimga jiddiy zarar yetmagan va tadbir davom etmoqda.

Aslida, bunaqa holatlar nafaqat festivallarda — istalgan joyda, bozorda, bekatda yoki parkda ham bo‘lishi mumkin. Muhimi tashkilotchilar va huquq-tartibot organlari bunday vaziyatlarga tayyor bo‘lgan va vaziyatni tezda nazorat ostiga olishgan.

Bu hodisa ortidan ayrim kanallar va sahifalarda festivalni obro‘sizlantirishga urinishlar kuzatilmoqda. Yolg‘on sarlavhalar, videolarning kontekstdan uzilgan parchalar orqali festivalga soya solishga harakat qilinmoqda.

Festival davom etyapti, xavfsizlik ta’minlangan, kayfiyat yaxshi. Mish-mishlarga emas, rasmiy manbaga ishoning.

Kiritildi: 22:45 02.08.2025. O'qildi: 941 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!