"Real Madrid" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.
"TEAMtalk" nashrining xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" fransiyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" Kamavingani shu yozda klubni tark etishi kutilayotgan Kazemironing o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rishmoqda. Xabarlarga ko‘ra, "Real" ma’lum shartlar asosida o‘z futbolchisini sotishga tayyor va uning transferidan kamida 75 million yevro ishlab olmoqchi.
Eduardo Kamavinga 2021 yilda "Renn"dan 31 million yevro evaziga Madridga ko‘chib o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda 23 yoshli xavbek "qaymoqranglilar" safida barcha turnirlarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.