Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Manchester Yunayted" "Real"ga yulduz futbolchini taklif qildi

"Manchester Yunayted" "Real"ga yulduz futbolchini taklif qildi

"Manchester Yunayted" "Real"ga 27 yoshli hujumchi Markus Reshfordni 40 mln yevroga sotib olishni taklif qildi.

Bu haqda Defensa Central xabar bermoqda. Ammo Madridda ingliz klubining tashabbusini sovuqqonlik bilan kutib olishdi. Manbaning qayd etishicha, "Real" chindan ham hujum chizig‘ini kuchaytirish haqida o‘ylamoqda, ammo boshqa profildagi - uslubi jihatidan Xoseluga yaqinroq bo‘lgan hujumchi qidirmoqda. Ko‘proq qanotdan harakat qiladigan va to‘p bilan ishlashni afzal ko‘radigan Reshford bu loyihaga to‘g‘ri kelmaydi.

"MYu" bosh murabbiyi Ruben Amorim Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, inglizni kelasi mavsum rejalarida ko‘rmayapti. Shu munosabat bilan klub uni sotish variantlarini faol izlamoqda. Shuningdek, Reshfordga "Barselona" ham qiziqish bildirgan.

Kiritildi: 09:49 20.06.2025. O'qildi: 448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!