Angliya Premyer-ligasining 18-turi doirasida «Manchester Yunayted» hamda «Nyukasl Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Bellashuv Angliyaning Manchester shahrida joylashgan «Old Trafford» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golni «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Patrik Dorgu kiritdi.
Angliya chempionatida o‘tkazilgan 18 turdan so‘ng «Manchester Yunayted» 29 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida beshinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Nyukasl Yunayted» esa 23 ochko bilan 11-pog‘onada joylashgan.
Keyingi turda «Manchester Yunayted» 30 dekabr kuni o‘z maydonida «Vulverxempton»ni qabul qiladi. «Nyukasl» esa shu kuni safarda «Byornli»ga qarshi bahs olib boradi.
Angliya — Premyer-liga. 18-tur
«Manchester Yunayted» — «Nyukasl Yunayted» - 1:0
Gol: 1:0 — Dorgu (24)