"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Maykl Karrik bilan hamkorlikni to‘xtatishi mumkin.
Bunga manchesterliklarning Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turida "Komo"ga qarshi uchrashuvda 1:4 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchragani sabab bo‘lishi mumkin.
Teamtalk tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, "qizil iblislar" rahbariyati bosh murabbiylik lavozimi uchun asosiy nomzodni tanlab qo‘ygan. U "Nyukasl"ning sobiq ustozi Eddi Xaudir.
Ayni paytda 48 yoshli angliyalik mutaxassis hech bir jamoada faoliyat yuritmayapti.
"Manchester Yunayted" Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumini ham omadsiz boshladi. Jamoa dastlabki 7 ta turda atigi 7 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.