Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyni ishdan haydab ham autsayderni mag‘lub eta olmadi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyni ishdan haydab ham autsayderni mag‘lub eta olmadi

Angliya Premyer-ligasi 21-turidan o‘rin olgan "Byornli" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi yakuniga yetdi. Bahs 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.

Uchrashuvda hisobni Eyden Xeven ochdi. Mehmonlar himoyachisi 13-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. Ikkinchi bo‘limning 50-daqiqasida "Manchester Yunayted" hujumchisi Benyamin Sheshko hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, oradan 10 daqiqa o‘tib sloveniyalik forvard dublni rasmiylashtirdi. 66-daqiqada mezbonlar futbolchisi Jeydon Entoni hisobni tenglashtirdi.

"Manchester Yunayted" ayni damda ochkolarini 32 taga yetkazib, Angliya chempionati turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda. "Byornli" esa 19-pog‘onada bormoqda, jamoa hisobida 13 ochko mavjud.

Byornli - Manchester Yunayted - 2:2

Gollar: Xeven, 13 - o‘z darvozasiga (1:0). Sheshko, 50 (1:1). Sheshko, 60 (1:2). Entoni, 66 (2:2)

Byornli: Dubravka, Estev, Xamfris, Loran, Ugochukvu, Florentinu, Lukas Pires, Uoker, Edvards (Sonne, 90+2), Mejbri (Entoni, 58), Broyya (Foster, 76)

Manchester Yunayted: Lammens, Martines, Xeven (Yoro, 61), Shou, Dalot, Kazemiru (Maynu, 74), Ugarte (Leysi, 84), Brunu Fernandesh (Maunt, 61), Kunya (Zirkze, 74), Dorgu, Sheshko

Ogohlantirishlar: Mejbri, 41. Foster, 90

Kiritildi: 06:09 08.01.2026. O'qildi: 639 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!