Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

«Manchester Siti» yozda yana bir yulduzi bilan xayrlashadigan bo‘ldi

«Manchester Siti» yozda yana bir yulduzi bilan xayrlashadigan bo‘ldi

«Manchester Siti» rahbariyati yarim himoyachi Bernardu Silvaning kelajagi borasida bir qarorga keldi.

Jurnalist Sasha Tavoliyeri xabar berishicha, portugaliyalik xavbek «shaharliklar»ning kelgusi mavsum uchun rejalaridan o‘rin olmagan. Futbolchi yozda jamoani tark etishi mumkin. Unga «Benfika» va «Barselona» jamoalari jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Silvaning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi. Bu mavsum u barcha turnirlarda 42 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 assist qayd etgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 45 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 18:58 22.04.2025. O'qildi: 1204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!