Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

«Manchester Siti» o‘z himoyachisini jamoadan ketishini e’lon qildi

«Manchester Siti» o‘z himoyachisini jamoadan ketishini e’lon qildi

Angliyaning «Manchester Siti» klubi tajribali himoyachi Jon Stounz joriy mavsum yakunlangach, jamoa bilan xayrlashishini rasman e’lon qildi.

31 yoshli futbolchi «shaharliklar» safidagi 10 yillik muvaffaqiyatli faoliyatiga nuqta qo‘ymoqda.

Jon Stounz «Manchester Siti» tarkibiga 2016 yilda kelib qo‘shilgan edi. Shu vaqt ichida u jamoa libosida 293 ta uchrashuvda maydonga tushib, «shaharliklar»ning eng zafarli davriga ulkan hissa qo‘shdi.

Himoyachi Manchester klubi bilan birgalikda jami 19 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Ular orasida 6 ta APL chempionligi va tarixiy Yevropa Chempionlar ligasi kubogi bor.

Kiritildi: Bugun 18:00. O'qildi: 508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!