Bugun 26 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

«Manchester Siti» to‘rtinchi bor muxlislar uchun iftorlik uyushtirdi (foto)

«Manchester Siti» to‘rtinchi bor muxlislar uchun iftorlik uyushtirdi (foto)

«Manchester Siti» klubi Ramazon oyi munosabati bilan «Etixad» stadionida musulmonlar uchun iftorlik tashkil qildi.

Manchester klubi mahalliy islom dini vakillari va muxlislarini stadionga taklif qilib, ularga jamoaviy iftorlik qilish imkoniyatini yaratdi.

Bu «Siti» tomonidan o‘tkazilgan to‘rtinchi an’anaviy iftor tadbiri bo‘ldi. Bu yil unga 120 dan ortiq mehmon tashrif buyurdi.

Kecha Qur’on tilovati bilan boshlanib, keyinchalik «City in the Community» tashkiloti va klub vakillari sahnaga chiqib, musulmonlar uchun inklyuziv muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib berishdi.

Manchester universiteti imomi va Blue Crescent (musulmon muxlislar klubi) asoschisi Muhammad Ullah tadbir yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi:

«Biz uchun bu to‘rtinchi iftorlik bo‘ldi va u iymon, futbol va jamoatni birlashtirgan ajoyib voqea bo‘ldi.

«Siti» klubi bilan hamkorlik qilishdan faxrlanaman, chunki ular boshqa jamoalarga ham ibrat bo‘ladigan muhim qadam tashlashmoqda.

Klubning musulmonlarga e’tibori, muxlislar uchun inklyuziv muhit yaratishga intilishi va ularning ehtiyojlarini tinglashi katta ahamiyatga ega.

Bu barcha muxlislar uchun klubga daxldorlik hissini uyg‘otadi, bu esa biz uchun juda qadrli».

«Manchester Siti» to‘rtinchi bor muxlislar uchun iftorlik uyushtirdi (foto)

Kiritildi: 12:43 22.03.2025. O'qildi: 977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!