Bugun 8 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

«Manchester Siti»ni moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha tekshiruv qachon boshlangan?

«Manchester Siti»ni moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha tekshiruv qachon boshlangan?

Britaniya 2018 yildayoq «Manchester Siti»ni moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha tekshirgan.

Buyuk Britaniyaning Soliq va bojxona boshqarmasi (HMRC) 2018 yildayoq «Manchester Siti» futbol klubiga nisbatan moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha o‘z tekshiruvini boshlagan. Bu haqda Financial Times o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, tekshiruvga klub rahbarlari o‘rtasidagi sizdirilgan yozishmalar sabab bo‘lgan. Xuddi shu materiallar Premyer-liga tomonidan tuzilgan mustaqil komissiya tekshiruviga ham asos bo‘lgan.

FT ma’lum qilishicha, HMRC tekshiruvi soliq to‘lashdan qochish maqsadida maxsus tuzilmalardan foydalanish ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lgan. Biroq qasddan firibgarlik sodir etilgani haqida gap bo‘lmagan.

Ish rasman yopilmagan va HMRC klubga nisbatan hech qanday chora ko‘rmagan.

Sentyabr oyi oxirida Premyer-liga tuzgan mustaqil komissiya «Manchester Siti»ni ko‘rib chiqilgan 115 ta qoidabuzarlikning 114 tasida aybdor deb topdi. Ular orasida aniq moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etmaslik va tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortish kabi holatlar bor.

Endi klubga nisbatan jazo masalasi hal qilinishi kutilmoqda. Jazo katta miqdordagi jarimadan tortib, Premyer-ligadan chiqarib yuborishgacha bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 21:15 07.10.2026. O'qildi: 345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!