Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

“Manchester Siti”ni mashhur yulduz tark etadi

“Manchester Siti”ni mashhur yulduz tark etadi

Portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silva 2025/2026 yilgi mavsum yakunida “Manchester Siti”ni erkin agent maqomida tark etishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda El Chiringuito TV jurnalistlari xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi allaqachon jamoasini o‘zgartirish bo‘yicha qat’iy qaror qabul qilib bo‘lgan. Uning navbatdagi klubi sifatida “Barselona” nomi tilga olinmoqda.

Kataloniya superklubi ham portugaliyalik pleymeyker bilan hamkorlik qilishga tayyor. Ayniqsa, tajribali yulduzni erkin agent maqomida bepul transfer qilish “Barselona” mutasaddilariga juda ma’qul keldi.

Joriy Angliya Premyer-ligasi mavsumida Bernardu Silva 22 ta uchrashuvda ishtirok etdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Manchester Siti”da 2017 yilning yozidan beri o‘ynab kelayotgan futbolchining bugungi kundagi bozor qiymati 27 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:57. O'qildi: 432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!