Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

«Manchester Siti» muxlislari Madridga Vinisiusning asabiga tegadigan bannerni olib kelishdi

«Manchester Siti» muxlislari Madridga Vinisiusning asabiga tegadigan bannerni olib kelishdi

«Manchester Siti» muxlislari Madridga Rodri va «Oltin to‘p» tasviri tushirilgan bannerni olib borishdi.

Bugun «shaharliklar» Chempionlar ligasi chorak finali javob bahsida «Santyago Bernabeu» stadionida «Real» bilan to‘qnash keladi. Birinchi o‘yinda madridliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.

«Etixad»dagi ilk bellashuvda «Manchester Siti» muxlislari darvoza ortida Rodri «Oltin to‘p» bilan tushirilgan bannerni ilib qo‘yishgandi. Unda Oasis guruhining Stop Crying Your Heart Out («Ko‘zyosh to‘kishni bas qil») qo‘shig‘idan iqtibos keltirilgan edi. Guruh a’zolari Noel va Liam Gallaxerlar «Siti»ning ashaddiy muxlislari hisoblanadi.

El Chiringuito nashrining xabar berishicha, «Manchester Siti»ning Madridga kelgan muxlislari ushbu banner nusxasini shahar ko‘chalarida ham yoyishgan.

«Manchester Siti» muxlislari Madridga Vinisiusning asabiga tegadigan bannerni olib kelishdi

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri 2024 yil oktyabr oyida France Football talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgan edi. «Real» vakillari esa Vinisius Junior g‘olib bo‘lmasligini bilganidan so‘ng, «Oltin to‘p» taqdirlash marosimiga boykot e’lon qilishgan.

Kiritildi: 23:39 19.02.2025. O'qildi: 1378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!