"Manchester Siti" Fransiyaning "Lans" klubi himoyachisi Ismaelo Ganiuni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.
TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, manchesterliklar 21 yoshli futbolchining rivojlanishini diqqat bilan kuzatmoqda. Biroq transfer uchun raqobat kuchli: "Chelsi", "Tottenxem" va "Nyukasl" ham Ganiuga qiziqish bildirmoqda.
Himoyachi joriy mavsum "Lans" safida barcha musobaqalarda 8 ta uchrashuv o‘tkazib, bitta gol urgan.
Fransiyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt uning bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.