Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

«Manchester Siti» Husanovni «Lion»ga ijaraga berishni istamadi

«Manchester Siti» Husanovni «Lion»ga ijaraga berishni istamadi

Fransiyaning "Lion" klubi "Manchester Siti" Abduqodir Husanovni bepul ijaraga olishga istagandi.

L’Equipe nashrining xabar berishicha, yarim himoyachi Rayan Sherkining ingliz klubiga o‘tishi borasidagi kelishuvning bir qismi sifatida "Lion" "shaharliklar" tarkibidan bir futbolchini mavsum oxirigacha bepul ijaraga olish huquqiga ega bo‘lgan.

Biroq, "Manchester Siti" rahbariyati O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Husanovni Liga-1 klubiga ijaraga berishga rozi bo‘lmadi. Eslatib o‘tamiz, Husanov Xosep Gvardiola jamoasiga qishki transfer oynasida Fransiyaning "Lans" klubidan ko‘chib o‘tgan edi.

Rayan Sherki AQShda bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati arafasida "Manchester Siti"ga o‘tdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, transferning umumiy qiymati 36,5 million yevroga teng bo‘lgan.

Kiritildi: 09:35 21.06.2025. O'qildi: 1306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!