Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Manchester Siti" Husanov harakat qilayotgan pozisiyaga "Barselona" yulduzini olib kelishi mumkin edi

"Manchester Siti" Husanov harakat qilayotgan pozisiyaga "Barselona" yulduzini olib kelishi mumkin edi

Angliyaning "Manchester Siti" klubi "Barselona" himoyachisi Jyul Kundeni sotib olish imkoniyatiga qiziqish bildirayotgan edi. Bu haqda kataloniyaliklar sport direktori Deku aytib o‘tdi.

"Manchester Siti" bizdan Jyul Kunde bozorda mavjudmi, deb so‘radi, ammo biz yo‘q, deb javob berdik. Rasmiy taklif ham, hech qanday muzokaralar ham bo‘lmagan", - deya funksionerning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

2022 yilda "Barselona" Kundeni "Sevilya"dan 50 million yevroga sotib oldi.

Joriy mavsumda fransuz barcha turnirlarni hisobga olgan holda sakkizta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

26 yoshli Kundening "Barselona" bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining narxini 65 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:18 01.10.2025. O'qildi: 1360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!