Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Manchester Siti” futbolchisini urgan muxlis hibsga olindi

“Manchester Siti” futbolchisini urgan muxlis hibsga olindi

Angliya Premyer-ligasining 31-turi doirasidagi “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng “Siti” futbolchisi Jek Grilishga yuziga urgan “Yunayted” muxlisi qo‘lga olindi va sudga tortiladi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi. Uchrashuv “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tgan va 0:0 hisobida yakunlangan edi.

Manbaning yozishicha, 20 yoshli yigitga hujum qilish aybi qo‘yilgan va u iyul oyida Manchester sudida javob beradi. Hozircha “Siti” ham, “Yunayted” ham izoh berishdan bosh tortgan, chunki tergov ishlari davom etmoqda. Shuningdek, “qizil iblislar” vakillari polisiya bilan yaqindan hamkorlik qilayotgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, derbidan keyin Jek Grilish maydonni tark etayotgan vaqtda, “Yunayted” muxlislardan biri uni chaqirib, tortishuv chog‘ida tunnel yaqinida futbolchining yuziga tarsaki tushirgan.

Kiritildi: 23:31 08.04.2025. O'qildi: 950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!