Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Barselona" "Real" bilan o‘yinda kambekka kambek bilan javob qaytardi va Ispaniya kubogi chempioniga aylandi (VIDEO)

"Barselona" "Real" bilan o‘yinda kambekka kambek bilan javob qaytardi va Ispaniya kubogi chempioniga aylandi (VIDEO)

"Barselona" Ispaniya kubogi finalida qo‘shimcha bo‘limlarda "Real"ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

28-daqiqada Pedri hisobni ochdi. 70-daqiqada Kilian Mbappe hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, oradan 7 daqiqa o‘tib Orelyen Tchuameni madridliklarni oldinga olib chiqdi. 84-daqiqada Ferran Torres hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi.

90+6-daqiqada uchrashuv hakami videotakrordan so‘ng madridliklar darvozasiga belgilangan penaltini bekor qildi, Rafinya simulyasiya uchun sariq kartochka oldi. G‘alaba golini 116-daqiqada Jyul Kunde kiritdi. 120+3-daqiqada zaxiraga olingan Antonio Ryudiger qizil kartochka oldi.

Kiritildi: Bugun 04:40. O'qildi: 2495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!