Bugun 23 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Abduqodir Husanov nega maydonga tushmayotganligiga oydinlik kiritildi. Asl muammo nimada?

Abduqodir Husanov nega maydonga tushmayotganligiga oydinlik kiritildi. Asl muammo nimada?

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov ketma-ket o‘yinlarda "Manchester Siti" tarkibida maydonga tushmadi. Natijada ijtimoiy tarmoqlarda har xil gap so‘zlar tarqaldi. Taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev futbolchining yaqinlari bilan gaplashib, vaziyatga oydinlik kiritdi.

"Gvardiola bilan hech qanday shaxsiy va professional darajada ziddiyat yo‘q. Aksincha, Pep mashg‘ulotlarda doimiy tarzda unga e’tibor qiladi, pozisiyasi bo‘yicha taktik ko‘rsatmalar beradi. Ishonchi so‘nmagan. Jismoniy jihatdan ham Husanovda hozir muammo, pasayish yo‘q. O‘yinlarda tushmayotganiga sabab - sog‘lom raqobat. Yana bir yosh himoyachi O’Rayli chap qanotda ketma-ket uchrashuvlarda gollar va assistlar qayd etgach, Yoshko Gvardiol markazga o‘tkazildi. Diash lider sifatida markaziy o‘ng himoyachi sifatida harakat qilmoqda. Pep shu variantni qo‘llagach Siti qatorasiga yutishni boshladi. Nafaqat Gvardiola, aksariyat murabbiylar natija bo‘lib turgan joyda rotasiya qilmaydi. Ayniqsa himoyada. Qolaversa mavsum yakunida Sitining yo‘qotadigan har bitta ochkosi chempionlar ligasidan mahrum qilishi mumkin. Bugun yutsa va himoya yaxshi o‘ynasa ertaga yana shular tushadi. Bu normal jarayon.

Abduqodir Husanovda hali imkon bo‘ladi, ishoning. O‘zining yondashuvi pozitiv, payt poylayapti", deb yozadi D.Fayziyev.

Kiritildi: Bugun 14:10. O'qildi: 2233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!