Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Tehron mamnun qoldi

Tehron mamnun qoldi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi AQSh bilan yadro dasturi borasidagi inqirozni bartaraf etish bo‘yicha olib borilgan muzokaralar jarayonidan mamnun ekanligini bildirdi.

"Biz muzokaralar jarayonidan qoniqdik, ikkala tomon ham jiddiy yondashmoqda. Kelishuvga erishish masalasida men optimistman, ammo ehtiyotkorlik bilan", - dedi u.

Arakchining ta’kidlashicha, muloqot "jiddiyroq muhitda" o‘tgan, biroq ayrim kelishmovchiliklar ham yuzaga chiqqan. Shu bois tomonlar o‘z yurtlarida qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazishlari lozim: "Muzokaralarning uchinchi bosqichi avvalgilariga nisbatan jiddiyroq kechdi, biz asta-sekin texnik tafsilotlarga chuqurroq kirib bormoqdamiz".

Uning so‘zlariga ko‘ra, MAGATE ekspertlari muloqotning keyingi bosqichiga jalb etilishi mumkin.

"Endi biz asta-sekin umumiy masalalardan tafsilotlarga o‘tmoqdamiz. Bugun bizda iqtisodiy masalalar bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etdi. Keyingi uchrashuvda MAGATE ekspertlari ham bizga qo‘shiladi deb o‘ylayman", - dedi vazir.

Kiritildi: 23:06 26.04.2025. O'qildi: 1380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!