Qora dengiz flotining 810-dengiz piyodalari brigadasi komandiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi "Groza" taxallusli zobit 27 aprel, yakshanba kuni Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putinga Rossiya qo‘shinlari hozirda ham Kursk viloyatidagi Gornal aholi punktidan g‘arbda va janubda joylashgan o‘rmon massivlarini tozalash bilan shug‘ullanayotgani haqida axborot berdi.
"Yaqin kelajakda dushmanning barcha tarqoq guruhlari va yakka askarlar yo‘q qilinadi," - deya brigada boshlig‘i ma’lum qildi. Ushbu hisobotning videosi Rossiyaning Birinchi kanali orqali efirga uzatildi.
Bir kun oldin Rossiya Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov prezidentga "Kursk viloyatini ozod qilish operasiyasi yakunlangani" haqida xabar bergan edi. Putin uni shaxsan "dushmanning Kursk chegarasida to‘liq tor-mor etilgani" bilan tabrikladi, shuningdek, "barcha shaxsiy tarkib, jangchilar va qo‘mondonlarni ushbu muvaffaqiyat va g‘alaba bilan" qutladi.