Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh nima uchun Yamanni bombardimon qilmoqda?

AQSh nima uchun Yamanni bombardimon qilmoqda?

AQSh 16 mart kuni Yamanga qarshi keng ko‘lamli harbiy hujumlarni qayta boshladi, natijada kamida 53 kishi halok bo‘ldi. Bu husiylarning Qizil dengiz orqali o‘tayotgan Isroilga aloqador kemalarga hujumlarni davom ettirish bilan tahdid qilganidan keyin sodir bo‘ldi.

Yamanning aksariyat qismini nazorat qilayotgan husiylar 2023 yil noyabr oyidan beri mamlakat qirg‘oqlarida kemalarga 100 dan ortiq hujum uyushtirgan. Ular bu hujumlarni G‘azodagi falastinliklarga birdamlik yuzasidan amalga oshirganliklarini ta’kidlashgan.

AQShning Project 44 kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hujumlar 2024 yilda Suvaysh kanali orqali o‘tadigan transport oqimining 75 foizga qisqarishiga olib keldi. Shuningdek, yuk tashish kompaniyalari uzoqroq muqobil yo‘nalishlarni tanlashlari sababli tranzit vaqti o‘rtacha yetti kundan 14 kungacha oshdi.

Husiylar yanvar oyida Isroil va HAMAS o‘rtasida sulh kelishuvi imzolanganidan so‘ng hujumlarni to‘xtatgan edi. Biroq, Isroil ikki oydan keyin ushbu sulhni buzdi.

Oq uyning da’vo qilishicha, husiylarga qarshi olib borilayotgan so‘nggi kampaniyaning maqsadi go‘yoki "terrorizm bilan kurashish va xalqaro savdoni muhofaza qilish"dir.

AQShning hujumlari natijasida Yamanda yuzlab odamlar halok bo‘ldi. Jumladan, shu oyda Ras-Isa neft terminaliga uyushtirilgan hujumda kamida 80 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Kiritildi: 16:24 27.04.2025. O'qildi: 1587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!