Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

"Balki qum yeymiz?"

"Balki qum yeymiz?"

Al-Jazeera Xabar qilganidek, Isroil qariyb 60 kundan beri G‘azo sektoriga oziq-ovqat, yoqilg‘i va dori-darmonlar kabi barcha yordamlarni kiritishni to‘xtatib qo‘ydi.

Bu G‘azodagi 2,3 million falastinlik hozirda asosan konservalangan sabzavotlar, guruch, makaron va yasmiq bilan kun kechirayotganini anglatadi. Go‘sht, sut, pishloq va mevalar butunlay yo‘qoldi. Non va tuxum topish qiyin bo‘lib qoldi.

Bozorlardagi kam sonli sabzavot va boshqa mahsulotlarning narxi osmonga chiqib ketgani bois, ko‘pchilik uchun ularni sotib olish imkonsiz bo‘lib qoldi.

Falastinlik oilalar farzandlarini boqishda qiynalayotganlarini aytishmoqda.

Juma kuni Maryam al-Najjorning olti nafar bola bilan birga 11 kishilik oilasi faqat bir mahal ovqat - guruch hamda konservalangan no‘xat va sabzi yedi.

"Juma kunlari falastinliklar uchun muqaddas," dedi al-Najjor The Associated Press axborot agentligiga. Bu kunda odatda go‘sht, to‘ldirilgan sabzavotlar va boshqa boy an’anaviy taomlar bilan katta oilaviy dasturxon yozilardi.

"Endi no‘xat bilan guruch yeymiz," dedi u. "Urushgacha hech qachon konservalangan no‘xat yemasdik - faqat hayotimizni vayron qilgan shu urushda yeyapmiz."

Falastinlik ona aytishicha, oilasi sabzavot konservalarini topa olmasa, xayriya oshxonasidan yasmiq yoki makaron olisharkan. Agar non yoki shakar topsa, bolalari och qolmasligi uchun ularga choyga botirilgan non berarkan.

"Biz oqsil yoki ozuqaviy moddalar bilan ta’minlaydigan hech narsa topolmayapmiz," dedi u.

Al-Najjor G‘azoda qolgan oziq-ovqat tugasa, bolalarini qanday boqishidan xavotirda ekanini aytdi.

"Balki qum yeymiz," dedi u.

Kiritildi: 15:38 27.04.2025. O'qildi: 1398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!