Bugun 8 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

"Manchester Siti" futbolchilari agentlari shartnomalarni bekor qilish yo‘llarini qidirmoqda

"Manchester Siti" futbolchilari agentlari shartnomalarni bekor qilish yo‘llarini qidirmoqda

"Manchester Siti" futbolchilarining agentlari klub moliyaviy qoidalarni buzganlikda aybdor deb topilib, quyi divizionga tushirilgan taqdirda shartnomalarni bekor qilish imkonini beradigan asoslarni izlamoqda. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchilarning hech bir shartnomasida jamoa quyi ligaga tushirilgan taqdirda kelishuvni bir tomonlama bekor qilish imkonini beruvchi maxsus band mavjud emas.

Odatda "Manchester Siti" futbolchilarining shartnomalari uch qismdan iborat: asosiy maosh, Chempionlar ligasida ishtirok etish uchun bonus va mavsum davomida maydonda o‘tkazilgan vaqt foiziga bog‘liq qo‘shimcha to‘lovlar.

"Siti"ning so‘nggi yillardagi barqaror muvaffaqiyatlari hisobga olinsa, mazkur bonuslar amalda futbolchilar daromadining deyarli kafolatlangan qismiga aylangan.

Qayd etilishicha, ayrim futbolchilarda asosiy maosh umumiy daromadning atigi 60 foizini tashkil etadi, qolgan salmoqli qism esa turli bonuslar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Maydonda o‘tkazilgan vaqt uchun beriladigan bonuslar faqat Premyer-liga, Chempionlar ligasi va Angliya milliy kubok musobaqalari doirasida amal qiladi.

Shu sabab, agar "Manchester Siti" quyi divizionga tushirilsa, ushbu to‘lovlar, shuningdek, yevrokuboklarda ishtirok etish uchun beriladigan bonuslar ham bekor qilinishi mumkin.

Kiritildi: 23:14 07.10.2026. O'qildi: 272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!