Agar «Manchester Siti» moliyaviy qoidabuzarliklar ishi bo‘yicha aybdor deb topilsa, ularning ikkita chempionlik tituli «Liverpul»ga o‘tkazib berilishi mumkin. Bu haqda «Topskills Sports UK» xabar bermoqda.
Gap 2018/2019 va 2021/2022 yilgi mavsumlar haqida ketmoqda. 2018/2019 yilgi kampaniyada «Liverpul» 97 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida «Manchester Siti»dan keyingi ikkinchi o‘rinni egallagan edi. 2021/2022 yilgi mavsumda esa mersisaydliklar 92 ochko bilan finishga kelishgan va yana «shaharliklar»dan keyin ikkinchi bo‘lishgan.
Manbaning ta’kidlashicha, voqealarning bunday rivoji «Manchester Siti» moliyaviy Fair Play qoidalarini buzish bo‘yicha olib borilayotgan tergov doirasidagi 115 ta band bo‘yicha aybdor deb topilgan taqdirda amalga oshishi mumkin. Sanksiya sifatida klubga nisbatan jiddiy choralar, jumladan, ochkolarni olib tashlash yoki quyi divizionga tushirib yuborish jazolari qo‘llanilishi mumkin.
Agar shunday jazolar qo‘llanilsa, APLning ikkita chempionlik tituli retrospektiv (ortga qaytgan holda) tarzda «Liverpul»ga berilishi mumkin.