Angliya Premyer-ligasida yettita g‘alaba bilan mavsumni boshlagan "Manchester Siti"ning mag‘lubiyatsiz seriyasi yakunlandi. "Shaharliklar" 8-turda "Aston Villa" mehmoni bo‘lib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Birmingemdagi "Villa Park" stadionida o‘tgan uchrashuvning 6-daqiqasida Nikolas Jekson mezbonlarni oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Erling Xoland hisobni tenglashtirdi. Biroq 60-daqiqada Jekson yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, dublini rasmiylashtirdi va jamoasiga muhim uch ochko keltirdi.
O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning boshlang‘ich tarkibidan joy oldi va uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi.
Shu tariqa, "Siti" Angliya chempionatining sakkizinchi turiga kelib ilk bor ochko ololmadi.
APL. 8-tur
24 oktyabr
"Aston Villa" — "Manchester Siti" — 2:1
Gollar: Nikolas Jekson (6, 60) — Erling Xoland (52).