22 yoshli himoyachining yangi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan. Abduqodir ingliz klubiga 2025 yilning yanvarida Fransiyaning "Lans" jamoasidan 40 million yevro evaziga o‘tib, APL tarixidagi birinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylangan edi.
"Manchesterga kelganimdan beri har bir daqiqadan zavq oldim va futbolchi sifatida o‘sayotganimni hamda ko‘p narsa o‘rganayotganimni his qilyapman", — dedi futbolchi.