Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

«Manchester Siti» 33-turdan keyin peshqadam bo‘lsa, chempionlikni hech qachon qo‘ldan chiqarmagan

«Manchester Siti» 33-turdan keyin peshqadam bo‘lsa, chempionlikni hech qachon qo‘ldan chiqarmagan

«Manchester Siti» «Byornli» ustidan qozonilgan g‘alabadan (1:0) so‘ng uzoq vaqt ichida ilk bor Premyer-liga turnir jadvalida peshqadamga aylandi.

«Shaharliklar» to‘plangan ochkolar (70) va to‘plar nisbati (+37) bo‘yicha «Arsenal» bilan teng holatda bo‘lsa-da, ko‘proq gol urilgani evaziga (66 ga qarshi 63) londonliklardan o‘zib ketishdi. Opta nashrining qayd etishicha, «Siti» 33-turdan keyin yoki undan kechroq vaqtda peshqadamlikni qo‘lga olgan hech bir vaziyatda chempionlik poygasida mag‘lub bo‘lmagan.

Xosep Gvardiola jamoasi oxirgi marta avgust oyida, birinchi tur yakunlariga ko‘ra birinchi o‘rinda qayd etilgan edi. Mavsumning ma’lum bir bosqichida «Arsenal» raqobatchisini 9 ochkoga ortda qoldirayotgan edi, biroq bu ustunlikni boy berib qo‘ydi. Eslatib o‘tamiz, londonliklar mana 22 yildirki chempionatda g‘alaba qozona olishmayapti.

Kiritildi: Bugun 14:54. O'qildi: 321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!