Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Bashakshexir» Shomurodovni to‘liq sotib oldi

«Bashakshexir» Shomurodovni to‘liq sotib oldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettiradigan bo‘ldi. Istanbulning «Bashakshexir» klubi hujumchining transfer huquqiga egalik qiluvchi Italiyaning «Roma» jamoasi bilan kelishuvga erishdi.

Turk klubi rahbariyati 30 yoshli hamyurtimizning shartnomasida ko‘rsatilgan 2,8 million yevro miqdoridagi sotib olish opsiyasini faollashtirishga qaror qildi. Qayd etish joizki, Shomurodovning ayni damdagi transfer qiymati Transfermarkt portali tomonidan 7 million yevroga baholanmoqda, bu esa istanbulliklar uchun ancha foydali kelishuv bo‘lganini anglatadi.

Eldor 2025 yilning yozida «Roma»dan ijara asosida «Bashakshexir»ga o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, Shomurodovning «Roma» bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan edi. U Italiyadagi faoliyati davomida «Jenoa», «Spesiya» va «Kalyari» kabi klublarda ham to‘p surgan.

Kiritildi: Bugun 18:43. O'qildi: 568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!