"Manchester Siti" sardori Bernardu Silva himoyachilar Abduqodir Husanov va Maks Alleyne o‘yinini e’tirof etdi.
Ikkala yosh futbolchi ham "shaharliklar" safida "Nyukasl"ga qarshi Liga kubogi yarim finalida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Uchrashuv 2:0 hisobida g‘alaba bilan yakunlandi.
"Husanov va Maks so‘nggi o‘yinlarda o‘zlarini ajoyib tarzda ko‘rsatishmoqda! Ikkalasi ham "Manchester Siti"dagi bosimga qaramay, ajoyib darajani ko‘rsatmoqda. Bu juda qiyin. Ular to‘pni darvozadan uzoqlashtirishdan qo‘rqishmaydi, barqarorlik va ishonchlilikni namoyish etishadi," - dedi Silva ITV Sport telekanaliga bergan intervyusida.
17 yanvar, shanba kuni Xosep Gvardiola jamoasi Premyer-liga doirasida "Manchester Yunayted" mehmoni bo‘ladi.